O’zbekistonga viza

O’zbekiston allaqachon butun dunyo sayohatchilarining qiziqish doirasiga tushgan. Har yili minglab sayohatchilar mamlakatimiz boy tarixi va dunyoda mashhur madaniy yodgorliklarimizni ko’rish istagida vatanimizga tashrif  buyurishadi.

Bulardan avval, barcha xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekistonga kirishlari va uning hududida harakatlanishlari uchun kirish vizasiga ega bo’lishlari zarurligini bilishlari kerak.

Faqat ayrim davlatlar fuqarolari O’zbekistonga viza olmasdan kelishlari mumkin.

Ikki tomonlama vizasiz tartib 10ta mamlakatlar bilan o’rnatilgan: Qirg’iziston (60 kungacha), Tojikiston (30 kungacha), Azarbayjon, Armeniya, Belarusiya, Gruziya, Qozog’iston, Moldova, Rossiya va Ukraina.

2018-yilning 10-fevralida O’zbekistonda 7 nafar mamlakat bilan vizasiz tartib o’rnatilgan, bular: Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya. Ushbu davlatlar bilan vizasiz tartib tashrif buyuruvchilarning mamlakatga kirgan kunlaridan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Bu tartib tashrif maqsadidan qat’iy nazar barcha turdagi pasport egalariga amal qiladi. Tashrif buyuruvchi mamlakatda 30 kundan ortiq bo’lsa, u O’zbekistonga kelish qoidasini buzgan hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasiga kirish vizasi (kirish, ikki tomonlama, tranzit) xorijiy fuqarolarga:

Viza ko’magi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga mamlakat hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan shaxs tomonidan taqdim etiladigan yuridik va jismoniy shaxslarni taklif qilish arizasi asosida beriladi.

Qisqa muddatli vizasiz kirish

Viza olish2018 yilning 15 iyulidan O’zbekistonda 101 mamlakat bilan qisqa muddatli vizasiz tartib joriy etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida mamlakatning xalqaro aeroportlarida respublika hududi orqali tranzit qilinadigan 101 ta mamlakat fuqarolari uchun ularda uchinchi davlatga chipta bo’lgan taqdirda besh kungacha bo’lgan muddatga xorijiy fuqarolarning kirishi, vaqtincha mamlakat hududida bo’lishlari va O’zbekiston Respublikasidan o’tish punktlari orqali chiqib ketishlari tartibini soddalashtirish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar ko’zda tutilgan.

16 yoshgacha bo’lganlar uchun vizasiz kirish

Ushbu tartib barcha mamlakatlar uchun amal qiladi va kuzatib boruvchining pasportida kirish vizasining amal qilish muddatiga O’zbekiston Respublikasi hududiga kirish kunidan boshlab 90 kundan ortiq bo’lmagan muddatga rasmiylashtiriladi. 16 yoshga to’lgan shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirishlari uchun ularda xorijga chiqish pasporti yoki biometrik hujjat bo’lishi kerak, shuningdek, agarda fuqaro kuzatib borish tartibida kelayotgan bo’lsa u bilan birga rasmiy vakillar bo’lishi zarur. Bu holda, vizalar belgilangan tartibda migratsiya va IIB fuqarolikni ro’yxatga olish organlari tomonidan beriladi.

Elektron vizalarni rasmiylashtirish tartibi

Davlat personallashtirish markazi mutaxassislari tomonidan e-visa.gov.uztizimida elektron vizalarni rasmiylashtirsh, ro’yxatdan o’tkazish va foydalanish tartibi tushuntirilgan:

Konsullik yig’imi 20 AQSh dollarini tashkil etadi.

Viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi

2018-yilning 10-fevralida O’zbekistonda dunyoning 39 mamlakati bilan sayyohlik vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. Viza hujjat topshirilgan kunni hisobga olmagan holda, ikki ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va ularning qanday faoliyat olib borishlaridan qat’iy nazar bir oy muddatga beriladi. Konsullik yig’imi 30 kunga 40 AQSh dollarini tashkil etadi va yana 10 dollar pochta xizmatlari uchun to’lanadi.

Ushbu mamlakatlardan kelgan sayyohlarga ko’p martalik vizalar 1 oygacha bo’lgan muddatga beriladi va ulardan tur voucher yoki taklif qiluvchining O’zbekiston TIVga murojaat qilishi talab etilmaydi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, vazirliklar va idoralardan 2018-yil 1-oktabrgacha O’zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi turli xil toifadagi fuqarolar uchun qo’shimcha viza tartiblarini joriy etish bo’yicha takliflar berish so’ralgan edi:

«Silkroad» — “Buyuk Ipak yo’li” bo’yida joylashgan davlatlarning bir nechtasiga tashrif buyurish huquqini beruvchi viza;

«Vatandosh» — asli o‘zbekistonlik vatandoshlar va ularning yaqin qarindoshlari uchun besh yillik viza;

«Golden visa» — yirik xorijlik investorlar uchun 10 yillik viza.

Mehmon taklif qilish vizasi

Yuridik shaxslar tomonidan xorijliklarni mehmonga taklif qilish uchun quyidagi hujjatlar zarur:

Jismoniy shaxslar tomonidan xorijliklarni mehmonga taklif qilish uchun quyidagi hujjatlar zarur:

Yuridik va jismoniy shaxslarning iltimosnomalari belgilangan tartibda hujjat topshirilganda, TIV tomonidan 10 ish kuni ichida ko’rib chiqiladi. Xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar viza olishlari uchun O’zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik idoralariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

Xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tranzit viza olishlari uchun yuqorida aytilgan hujjatlardan tashqari, boradigan mamlakatlarining vizasi va O’zbekistondan boshqa davlatga ketish sanasi tasdiqlab ko’rsatilgan o’tish hujjatlariga ega bo’lishlari zarur. Ushbu holda viza talabnomasini ko’rib chiqish muddati 3 kunni tashkil etadi.

Davlatida O’zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik idoralari bo’lmagan, ammo O’zbekistonga kelmoqchi bo’lgan xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar vizani kelganlaridan so’ng, O’zbekiston TIVning “Toshkent” xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash bo’limdan olishlari mumkin. Buning uchun O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxs o’z vaqtida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilib, konsullik boshqaruvi viza ko’magi bo’limidan tegishli tasdiqnoma (shtamp) olishi va uni taklif etilgan shaxsga yuborishi kerak. Ushbu tasdiqnoma tashrif buyuruvchi tomonidan aviachipta xarid qilish va o’z davlatidagi passport tekshiruvidan o’tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida unga O’zbekiston TIVning “Toshkent” xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash bo’limida viza rasmiylashtiriladi.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan vizani rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig’im tariflari mavjud:

a)Bir martalik viza uchun:

7 kungacha — 40 AQSh dollari;

15 kungacha — 50 AQSh dollari;

30 kungacha — 60 AQSh dollari;

3 oygacha — 80 AQSh dollari;

6 oygacha — 120 AQSh dollari;

1 yilgacha — 160 AQSh dollari.

Izoh: har bir qo’shimcha viza uchun tarif to’loviga 10 AQSh dollari qo’shiladi.

b) Ko’p martalik vizalar uchun:

6 oygacha — 150 AQSh dollari;

1 yilgacha — 250 AQSh dollari.

v) Tranzit vizalar uchun:

72 soatgacha — 40 AQSh dollari;

Ikki martalik tranzit viza uchun — 50 AQSh dollari.

g) Guruh vizalari uchun (16 yoshgacha bo’lgan bolalarni hisobga olmaganda, guruhda 10 nafardan kam bo’lmagan kishi bo’lishi kerak):

15 kungacha — har bir kishidan 15 AQSh dollari;

30 kungacha — har bir kishidan 25 AQSh dollari.

Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig‘imlar undiriladi. Bunday yig‘imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog‘liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-oktabrdagi “Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi 3347-sonli qarori bilan Turkiya fuqarolarining quyidagi toifalariga viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilingan:

– O‘zbekistonga ishbilarmonlik maqsadida tashrif buyuruvchi Turkiya fuqarolari uchun 1 yilgacha bo’lgan muddatga ko‘p martalik vizalar 3 ish kuni davomida O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari tomonidan taklif qilayotgan yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi TIVga murojaat etish talabi bekor qilingan holda rasmiylashtiriladi;

– O‘zbekistonga sayyoh sifatida tashrif buyuruvchi Turkiya fuqarolari uchun 1 oygacha bo’lgan muddatdagi vizalar 3 ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari tomonidan turistik tur vaucherlar yoki O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda rasmiylashtiriladi.

O’zbekistonga keladigan sayyohlar bojxona deklaratsiyasining T-6 shaklida ko’rsatgan holda, naqd xorijiy valyutani O’zbekiston Respublikasi hududiga rezident va norezidentlar cheklanmagan miqdorda olib kirishlari mumkinligini bilishlari kerak.

Naqd xorijiy valyuta 5000 AQSh dollaridan ko’p bo’lsa, bojxona organi tomonidan beriladigan ТS-28 shaklidagi guvohnoma asosida Respublika hududiga kiritiladi.

Naqd xorijiy valyutalarni norezidentlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishiga, bojxona deklaratsiyasiga muvofiq, ilgari Respublikaga olib kirilgan miqdor doirasida ruxsat beriladi. Norezidentlar tomonidan bojxona deklaratsiyasining T-6 shaklida (olib kirish paytida to’ldirilgan) yoki TS-28 guvohnomasida (olib kirilishi paytida bojxona organi tomonidan berilgan) ko’rsatilgan miqdordan ortiqcha naqd chet el valyutasi olib chiqilishi uchun bank ruxsatnomasi asos bo’lib hisoblanadi.

E’tiborli bo’ling, olib o‘tilayotgan naqd xorijiy valyuta, yo‘l cheklari, valyuta, tovar-moddiy boyliklarni va boshqa predmetlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, og‘zaki so‘rov vaqtida bojxona xodimiga ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish bojxona qoidalarining buzilishi hisoblanadi va bunga yo‘l qo‘ygan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Yo’l cheklarining olib chiqilishiga bojxona deklaratsiyasining Т-6 shaklida ularning miqdori ko’rsatilgan taqdirda ruxsat beriladi.

Naqd xorijiy valyutani olib chiqishga bank tomonidan berilgan ruxsatnomani boshqa shaxslarga berish mumkin emas.

Bojxona nazorati paytida aniqlangan qalbaki naqd xorijiy valyuta o’tkazilmaydi, u ushlab qolinadi va qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, o’z ehtiyojlari uchun jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekistonga olib kiriladigan mahsulotlarga bojxona to’lovi olinmaydi:

— dunyoning boshqa davlatlaridan qiymati 1000 AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar uchun;

— Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘onistondan faqat 10 AQSh dollari qiymatidagi iste‘mol mollarini uchun.

Jismoniy shaxslar tomonidan aktsiz solig‘isiz olib kiriladigan mahsulotlar tartibi:

Kofeinsiz yoki kofein bilan qovurilgan yoki qovurilmagan qahva — 2 kg;

Bokiral ikra — 0,5 kg;

Ikkilamchi ikra – 1 kg;

Qandolat mahsulotlari — 5 kg;

2 kg’dan ortiq plitka va briketlarda shokolad — 5 kg.;

Bug’doy, don, kraxmal va un mahsulotlari, un qandolat mahsulotlari — 10 kg;

Sabzavot, meva, yong’oq yoki boshqa o’simliklarni qayta ishlash mahsulotlari — 5 kg;

Aralash oziq-ovqat mahsulotlari — 2 kg;

pivo — 2 l;

Alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar (sitrus mevalaridan tashqari) — 2 l;

Spirtli ichimliklarning barcha turlari (pivodan tashqari) — 2 l;

Tamaki mahsulotlarining barcha turlari — 10 pachka;

Parfyumeriya — har bir nomdagisi uchun 2 donadan;

Avtokosmetika — har bir nomdagisi uchun 2 donadan;

Yuvish, tozalovchi mahsulotlar — 5 kg;

Tabiiy va sun’iy charmdan tayyorlangan buyumlar (maktab portfellari bundan mustasno) — har bir nomdagisi uchun 1 donadan (3 turdan ko’p bo’lmasligi kerak);

Tabiiy teridan kiyim va kiyim aksessuarlari — har bir nomdagisi uchun 1 donadan (3 turdan ko’p bo’lmasligi kerak);

Tabiiy mo’ynali kiyimlar va bosh kiyimlar — har bir nomdagisi uchun 1 donadan (3 turdan ko’p bo’lmasligi kerak);

Gilamlar — 15 kv.m;

Trikotaj va tikilgan trikotaj kiyimlari — har bir nomdagisi uchun 1 donadan;

To’shak kiyimi  — 5 to’plam;

Keramika mahsulotlari  — 1 to’plam (24 donadan oshmasligi kerak);

Chinni idishlar — 1 to’plam (12 donadan oshmasligi kerak);

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari — umumiy og’irligi 30 gramdan oshmagan 5ta mahsulot;

Zargarlik buyumlari — 0,5 kg’dan ko’p bo’lmagan miqdorda;

Oshxona anjomlari, pichoqlar, qoshiqlar, vilkalar va boshqa qimmatbaho metallar va qimmatbaho metal bilan qoplangan buyumlar— 1 to’plam (24 donadan oshmasligi kerak);

Video va audio uskunalari — har bir nomdagisi uchun 1 donadan (3nomdan ko’p bo’lmasligi kerak);

Barcha turdagi soatlar — 2 dona;

Avizo, yoritish uskunalari — 2 dona.

O’zbekistonning chet eldagi konsullik idoralari haqida O’zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi saytidan bilib olish mumkin.

Ro’yxatdan o’tkazish qoidasi

Har bir chet el fuqarosi ko’p martalik, xususiy yoki ishbilarmonlik vizasi bo’lishidan qat’iy nazar, yoki viza umuman talab qilinmasa ham, mamlakatga kirgan paytidan boshlab 72 soat ichida ro’yxatdan o’tishi kerak.

Ro’yxatdan mehmonxonada ham o’tish mumkin. Sayyohlik vizasiga ega bo’lib xususiy uyda istiqomat qilishga, tuman chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida ro’yxatdan to’g’ri o’tilganda ruxsat beriladi.

Agar siz O’zbekistonga xususiy viza bilan kelayotgan bo’lsangiz, ro’yxatdan sizning yashash joyingizda, aniqrog’i chaqirgan tarafning manzili bilan o’tkaziladi.

Ro’yxatga olish tartibi buzilgan taqdirda, eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima jazosi qo’llaniladi.